Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kir yuvish mashinasini tozalab turmasangiz…

Kir yuvish mashinasini tozalab turmasangiz…

Kir yuvish mashinasi bugungi kunda eng ommabop maishiy texnikalar qatoriga kiradi. U uzoq vaqt xizmat qilishi va yangidek ishlab turishi uchun ma’lum amallarni bajarishimiz lozim. Ikki-uch kishilik oiladagi kir mashina tamburini yiliga ikki-uch marta tozalash kifoya. Ammo kirlaringizning doimiy yaxshi holatda yuvilishi uchun baraban va uning eshiklarini tozalash ham kerak.

Sizga quyida 5 ta eng kerakli usul haqida ma’lumot beramiz.

1. Eshikdagi rezinani qanday tozalash kerak?

2 osh qoshiqdan sirka va idishlarni yuvishda ishlatiladigan suyuq sovunni yaxshilab aralashtiring. So‘ngra 10-15 daqiqa aralashmani tindirib qo‘ying. Paxta o‘ralgan tayoqchalari yoki maxsus suv shimuvchi latta yordamida eshik rezinalarining ichini yaxshilab arting.

2. Barabanni qanday tozalash kerak?

150 g. limon kislotasini oling va uni kir yuvish kukuni uchun mo‘ljallangan idishchaga soling. «Barabanni tozalash» rejimini tanlaysiz yoki mashinani mumkin bo‘lgan eng yuqori haroratda yoqasiz. Tozalash jarayonini kuzatishni istasangiz, kir mashinaning kanalizatsiyaga ulangan shlangini vannangizga olib qo‘yishingiz kifoya. Agar jarayon tugagunga qadar suv tozalanmasa, jarayonni takrorlash kerak.

3. Hid va mog‘orni qanday olib tashlash mumkin?

Suyuq kukun solinadigan bo‘linmaga 200 ml. sirka kislotasini solib, yuqori haroratda barabanni tozalash amalini yoqasiz. Sirka to‘plangan mog‘orni yo‘q qiladi va mashinadan yoqimsiz hid mutlaqo yo‘qoladi.

4. Kukunli patnisni qanday tozalash kerak?

Kukunlar solinadigan idishlar ohak, bakteriyalar va mog‘or paydo bo‘ladigan joy hisoblanadi. Issiq va nam sharoit hamda kukunning doimiy oxirigacha ishlatilmasligi sabab kirlanib qoladi. Limon kislotasi va tish cho‘tkasi yordamida qotib qolgan kukunlarni yumshatib, so‘ngra yuvib tashlash maqsadga muvofiqdir.

5. Filtrni qanday tozalash kerak?

Filtrni ochishdan oldin, shlangni latta bilan berkiting. So‘ngra suvni to‘kib tashlang. Mashinadagi filtr teshiklarini nam mato bilan artib oling. Filtrning o‘zini yuvish vositasi qo‘shilgan tish cho‘tkasi bilan issiq suvda yuvish kifoya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring