Kivu ko‘lida qayiq ag‘darilishi oqibatida 61 kishi cho‘kib ketdi
Kongo demokratik respublikasi bilan Ruanda chegarasidagi Kivu ko‘lida qayiq halokati oqibatida 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, deb yozadi «Actualite» nashri.
Hodisa shu hafta — 14-iyundan 15-iyungacha o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Dastlab voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar suvdan 20 kishini chiqarib olishga muvaffaq bo‘lgani xabar berilgandi.
Vazirlar mahkamasi bayonotiga ko‘ra, Kivu ko‘lida qayiq ag‘darilib ketishi natijasida jami 61 kishi halok bo‘lgan. Janubiy Kivu provinsiyasi transport vazirining aytishicha, halokatga haddan tashqari ko‘p yuk va kuchli shamol sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter