KJCh. Qaysi jamoa qancha pul ishladi?

AQShda o‘tkazilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Angliyaning «Chelsi» klubi eng ko‘p pul ishladi. Finalda «PSJ»ni 3:0 hisobida yengib, chempionlikni nishonlagan londonliklar turnirdan jami 114,6 mln dollar daromad oldi.
Kumush bilan kifoyalangan «PSJ» pul topishda ham ikkinchi bo‘ldi — 106,9 mln dollar. Uchinchi o‘rinda — «Real Madrid (82,5 mln dollar).
Yetakchi yigirmatalik quyidigacha:
- Chelsi — 114,6 mln dollar
- PSJ — 106,9
- Real — 82,5
- Fluminense — 60,8
- Bavariya — 58,2
- Borussiya Dortmund — 52,3
- Manchester Siti — 51,7
- Palmeyras — 39,8
- Inter — 36,8
- Al-Hilol — 34,2
- Benfika — 32,2
- Flamengo — 27,7
- Botafogo — 26,7
- Yuventus — 26,6
- Portu — 24
- Atletiko — 21,4
- Inter Mayami — 21
- Monterrey — 21
- River Pleyt — 18,2
- Boka Xuniors — 17,2.
Eslatib o‘tamiz, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida 6 konfederatsiyadan jami 32 jamoa qatnashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter