Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

KJCh bosh sensatsiyasi: «Oklend» durang o‘ynadi va $4,6 mln ishlab oldi

KJCh bosh sensatsiyasi: «Oklend» durang o‘ynadi va $4,6 mln ishlab oldi

Foto: Sport-Ekspress

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida sensatsiya — «Oklend Siti» Argentinaning nomdor «Boka Xunisors»idan bir ochko tortib oldi.

Atigi 10 kun avval «Oklend» mahalliy kubokni 4-liganing argentinalik muhojirlar jamoasiga boy bergan edi. AQShga kelib avvaliga «Bavariya»dan (0:10), keyin «Benfika»dan (0:6) qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. Keyin esa qo‘qqisdan «Boka»ning oyog‘idan chaldi — 1:1.

Opta klublar reytingida «‎Boka Xuniors» — 142-o‘rinda, «Oklend» — 4 971-pog‘onada.

KJChda yangi zelandiyaliklarning yagona golini maktab o‘qituvchisi Kristian Grey kiritdi. «‎Oklend» tarkibida rieltorlar, sartaroshlar, basseyn tozalovchilar va omborxona ishchilari to‘p surishdi. Turnirga kelish uchun ko‘plari o‘z hisoblaridan ta’til olishga majbur bo‘lishdi.

Yangi zelandiyaliklar klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini umumiy 1:17 gollar farqi bilan yakunlashdi, ammo ular baxtli. «‎Boka» bilan durangni chempionlik kabi nishonlashdi. Arziydiyam: klub salkam 4,6 mln dollar ishlab oldi, bu uning salkam yetti yillik budjetiga teng!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring