Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Klaudio Raneri ishdan haydaldi

Klaudio Raneri ishdan haydaldi

Angliyaning «Uotford» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Raneri ushbu lavozimga 2021 yil 4 oktyabrda kelgan edi. O‘shanda uning mo‘’jizakor o‘yinlari ko‘pchilik muxlislarni yangi umidlar sari boshlagandi.

Ammo keyinchalik ishlar orqaga ketdi. Shu paytgacha uning boshchiligida 14 ta o‘yin o‘tkazilgan bo‘lsa, 11 tasida mag‘lub bo‘ldi, 2 marta yutdi va bir marta durang o‘ynadi.

«Oldinda hali mavsumning yarmi turgani uchun jamoaga keladigan yangi murabbiy oldida iste’dodli futbolchilar bilan birga premer ligada jon saqlab qolishga yetarli vaqt bor», deyiladi klub bayonotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring