Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kobuldagi terakt uchun javobgarlikni «Tolibon» o‘z bo‘yniga oldi

Kobuldagi terakt uchun javobgarlikni «Tolibon» o‘z bo‘yniga oldi

Foto: «Yevronyus»

Afonistondagi «Tolibon» terroristik guruhi Kobul shahridagi «Interkontinental» mehmonxonasida yuz bergan terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi. Bu haqda «Yevronyus» xabar berdi.

Guruhning matbuot kotibi Zabiulloh Mujohid internet orqali ushbu ma’lumotni tarqatgan. «Kecha «Interkontinental» mehmonxonasiga hujum qilindi. Bizning shahid bo‘lishni xohlagan besh mujohidimiz ushbu ishni amalga oshirdi», — deya xabar tarqatgan Zabiulloh Mujohid.

Hujum 12 soatdan so‘ng to‘xtatilgan va barcha hujumchilar yo‘q qilingan.

Taxminan 6 kishi vafot etgan. Shulardan 5 nafari afg‘on va bittasi millati aniqlanmagan xorijlik fuqarodir.

«Hujum to‘xtatildi, barcha bosqinchilar yo‘q qilindi, 126 kishi qutqarib qolindi, shundan 41 nafari xorijliklardir», — deya bayonot berdi Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Najib Donish. Uning so‘zlariga ko‘ra bosqinchilar 4 kishi bo‘lgan.

«Tolibon» matbuot kotibi esa «mehmonxonaning amerikalik va boshqa yerlik bosqinchilar bilan to‘la bo‘lgani va ulardan bir necha o‘n nafari o‘ldirilgani»ni iddao qilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi oldinroq ushbu hujum bir necha yildan buyon Pokiston maxsus xizmati bilan aloqadorlikda gumon qilinayotgan, «Tolibon»ning hamkori bo‘lmish Haqqoniy guruhi tomonidan sodir etilganini aytgan edi. «Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda hujumni Afg‘oniston tashqarisida o‘rnashib olgan Haqqoniy tashkiloti amalga oshirgan», — deyilgan vazirlikning bayonotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring