«Koinot go‘zali» tanlovi g‘olibi aniq bo‘ldi
Daniyalik Viktoriya Ker Tyelvig Mexiko shahrida bo‘lib o‘tgan «Koinot go‘zali» tanlovi finalida g‘olib chiqdi.
Kelajakda advokat bo‘lishni rejalashtirgan 21 yoshli raqqosa va tadbirkor tanlov tarixida ushbu unvonni qo‘lga kiritgan birinchi daniyalik ayol bo‘ldi.
Finalda u nigeriyalik Chidimma Adetshina, meksikalik Mariya Fernanda Beltran, tailandlik Suchata Chuangsri va venesuelalik Ileana Markesni yengdi.
Bu yil birinchi marta 28 yoshdan oshgan ayollar ishtirok etishga ruxsat berildi. Yana bir Beatris Njoya finalga yo‘llanma olgan 40 yoshli birinchi ishtirokchi bo‘ldi.
Rossiyalik Valentina Alekseyeva kuchli 12 talikka kirdi. Bu yil Belarus, Eritreya va BAA vakillari ilk bor tanlovda ishtirok etishdi. Kuba 1967 yildan beri birinchi marta musobaqaga qaytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter