Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi boshchiligida «Ko‘kdumaloq» konida tabiiy gaz va neft qazib chiqarishni tashkil etish masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi (Foto)

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi boshchiligida «Ko‘kdumaloq» konida tabiiy gaz va neft qazib chiqarishni tashkil etish masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi (Foto)

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» Qashqadaryo viloyati hududida tabiiy gaz va neft qazib chiqarilishini holatini o‘rganmoqda. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, Boshqaruv raisi boshchiligida «Ko‘kdumaloq» konida Muborak va Sho‘rtan neft va gaz qazib olish boshqarma bosh mutaxassislari, majmua va kon boshliqlari ishtirokida tabiiy gaz va neft qazib olish muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Ushbu yig‘ilishda joriy yilning ortda qolgan davrida tabiiy gaz va neft qazib olish ko‘rsatgichlari tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Boshqaruv raisi tomonidan kunlik gaz qazib chiqarish hajmini 1 mln kub metrga oshirish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rish hamda birinchi chorakda 4063.3 mln kub metr tabiiy gaz qazib chiqarish bo‘yicha topshiriq berildi.

O‘z navbatida, burg‘ilashdan chiqqan 4ta quduqni o‘z vaqtida jihozlanmagani keskin tanqid qilindi.

Bundan tashqari, yig‘ilish davomida konlardan qazib olinayotgan neft, gaz va kondensat hajmining kamayishini oldini olish bo‘yicha majmua va kon boshliqlari bilan alohida konlar kesimida muhokama o‘tkazildi.

Boshqaruv raisi qazib chiqarish hajmini oshirish, kamayishni oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish kerakligini, buning uchun barcha sharoitlar yaratib berilganini ta’kidlab o‘tdi.

Qazib chiqarish hajmi kamayishini oldini olish bo‘yicha barcha kon boshliqlari, mas’ul mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Jumladan, burg‘ilash ishlari olib borilayotgan quduqlarning shleyf quvurlarini qisqa vaqt ichida tortish va quduqlarni o‘z vaqtida mukammal ta’mirdan chiqarish kerakligi bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilishda boshqarmalar oldiga qo‘yilgan neft, gaz va kondensat qazib olish ko‘rsatgichlarini bajarilishi bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning bajarilishinin konlar kesimida, har bir majmua va kon boshliqlari bilan alohida gaplashgan holda mavjud muammolarni o‘rganib bartaraf etish bo‘yicha kerakli mutaxassislarga ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish so‘nggida, tabiiy gaz qazib chiqarilishida mavjud kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimlar, tegishli mutaxassislarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rilishi ma’lum qilindi va lavozimdan olish masalasi ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring