Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Konservatoriyaning 4 nafar o‘qituvchisi va 1 talabasida koronavirus aniqlandi

Konservatoriyaning 4 nafar o‘qituvchisi va 1 talabasida koronavirus aniqlandi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 4 nafar professor-o‘qituvchilarida hamda 1 nafar talabada koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

Ayni vaqtda bemorlar o‘z uylarida shifokorlar nazorati ostida davolanmoqdalar.

Kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida o‘quv jarayonlari 2021 yil 26 martdan 8 aprelga qadar (14 kun) masofaviy shaklda tashkil etiladi.

O‘zDKda o‘quv jarayoni ZOOM orqali bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring