Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro aeroportni Bobur ko‘chasi bilan bog‘lovchi ko‘prik 14 soatga yopildi

Xalqaro aeroportni Bobur ko‘chasi bilan bog‘lovchi ko‘prik 14 soatga yopildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent xalqaro aeroportini Bobur ko‘chasi bilan bog‘lovchi ko‘prik 4 noyabr soat 19:00 dan 5 noyabr soat 09:00 ga qadar transport vositalari harakati uchun yopiladi. Bu haqda Uzbekistan Airways AJ matbuot xizmati xabar bergan.

“Reyslarga kechikmaslik uchun yo‘lovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish va aeroportga odatdagidan oldinroq jo‘nab ketish tavsiya etiladi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Uzbekistan Airways AJ ko‘prik nima uchun 14 soatga yopilayotganiga izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, avtomobillar qatnoviga qulaylikni oshirish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi yo‘l o‘tkazgichga yondosh yana bir estakada qurilmoqda. Yig‘ma monolit uslubida bo‘lib, sifat talablariga mos ravishda barpo etilayotgan ko‘prik bir kecha-kunduzda 20 ming transportni o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lishi aytilmoqda. Ayni paytda bu ko‘rsatkich 9−10 ming atrofida.

Ko‘prik yonida 2 ta aylana, 4 ta yoysimon shakldagi chiqish-tushish yo‘li barpo etilmoqda. Bu qayrilib olish xavfini yo‘qotib, boshqa yo‘llardagi harakatga qo‘shilishni osonlashtiradi. Shuningdek, ko‘prik ustida piyodalar va velosipedlar yo‘laklari ham kengaytirildi.

Shavkat Mirziyoyev 30 oktyabr kuni bu yerdagi qurilish jarayoni bilan tanishib, tutash yo‘llarda ham piyodalar va avtomobillar harakatiga qulayliklarni oshirish, atrofni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring