Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus qo‘rquvdan foydalanadi. Uni qanday yengish mumkin?

Koronavirus qo‘rquvdan foydalanadi. Uni qanday yengish mumkin?

So‘nggi paytlarda odamlarda tojli virusni yuqtirib olish bilan bog‘liq xavotir va qo‘rquvlar kuchaygan.

Inson psixologiyasi ko‘pincha tushunarsiz va salbiy holatlarga xavotir va qo‘rquv bilan javob beradi. Bu normal holat. Lekin, keragidan ortiq xavotir inson kuchini olib qo‘yadi, to‘g‘ri fikrlashga xalaqit beradi, vaziyatni baholash va unga yechim topishni qiyinlashtiradi. Kuchli xavotir odamni depressiyaga tushiradi, inson o‘zini yo‘qotadi va o‘zini yengilgandek his qiladi.

Organizm xavotirdan kuchsizlanadi va har qanday kasallik bilan kurashish qobiliyatini yo‘qotadi.

Bunga aslo yo‘l qo‘ymaslik kerak!

Bunday holatdan qutulishning yo‘llari bor va undan albatta foydalanish kerak.

Havotir va qo‘rquvni tezda kamaytirish uchun tajribali shifokor-psixoterapevt Azizbek Boltayev ko‘rsatib bergan mana bu Buteyko usulini tavsiya etaman (rus va o‘zbek tilida). Bu mashq ham davolovchi, ham tinchlantiruvchi bo‘lib, undan doim foydalanish mumkin.

Undan tashqari quyidagi tavsiyalarga amal qiling:

  • Covid-19 kasalligi haqida ko‘p o‘ylamang.
  • Kasallanishlar va o‘limlar sonini kuzatmang. Bu haqdagi axborotlarni o‘qimang va tomosha qilmang.
  • Bu kasallik haqida iloji boricha suhbatlashmang.
  • Musiqa eshiting.
  • Kayfiyatni ko‘taruvchi hikoyalar o‘qing.
  • Do‘stlaringiz bilan chalg‘ituvchi mavzularda gaplashing.
  • Jismoniy mashqlar bajaring.
  • Sizni avvallari qanday amaliyot tinchlantirar edi? Shuni bajaring.

Shunda o‘zingizni ortiqcha ruhiy zo‘riqishdan asragan bo‘lasiz.

Agar bular yordam bermasa psixolog yordamidan foydalaning.

Agar sizda kasallanish boshlangan bo‘lsa va kasallanish davomida (Covid-19 kasalligining ruhiyatga qattiq ta’sir qilishi ko‘p kuzatilyapti) qo‘rquv kuchaysa shifokordan bironta tinchlantiruvchi (trankvilizator) dori tavsiya qilishini so‘rang.

Hech qanday kasallik sizni yenga olmasligi xaqida o‘ylang.

Har bir xavotiringiz organizmni kuchsizlantirishi, aksincha, o‘zingizga bo‘lgan ishonch sizga quvvat bag‘ishlashiga ishoning!

Virus kuchli organizmdan qo‘rqishi, quvvatli organizmni yenga olmasligini unutmang!

Va yuqoridagi mashqni bajarishda davom yeting.

Yotgan holatda bajarish mumkin bo‘lgan yana bir tinchlantiruvchi mashq bor. Uni ham sizga tavsiya qilaman:

  1. Peshona mushaklarini 10 soniya davomida qattiq tirishtiring va yana 10 soniyaga bo‘shashtiring. Yana takrorlang va tezlashtirib boring, 10 soniyani 1 soniyaga yetkazguncha.
  2. Xuddi shunday qovoqlaringizni 10 soniya qattiq yumib keyin 10 soniyaga ochasiz va sekin-sekin tezlashtirib 1 soniyaga tushirasiz.
  3. Xuddi shu texnikani burun mushaklarida qo‘llaysiz. Bujmaytirasiz va bo‘shashtirasiz.
  4. Xuddi shunday, lablarni bir nuqtaga jamlaysiz va bo‘shashtirasiz.
  5. O‘ng yelkani o‘rindig‘ingizga qattiq tiraysiz (botirasiz) va qo‘yvorasiz.
  6. Chap yelkangizda ham xuddi shu amalni bajarasiz.

Koronavirusni beozor bir jonzodcha sifatida tasavvur qilish ham foyda beradi.

Va albatta karantin qoidalariga rioya qiling!

Nodira Musayeva, shifokor
Feysbuk tarmog‘idan olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring