Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus. Turkiyada noxush holat qayd etildi

Koronavirus. Turkiyada noxush holat qayd etildi

Foto: «Spichky.ru»

Turkiya kuniga koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha yana rekord o‘rnatdi — mamlakatda 44 mingdan ziyod COVID-19 holati aniqlandi. Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi saytda e’lon qilingan ma’lumotlar shundan dalolat bermoqda.

Vazirlik hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan kun davomida mamlakatda 248 968 ta test o‘tkazilib, 44 756 ta yuqish holati aniqlandi, 179 kishi infeksiya oqibatida kelib chiqqan asoratlar tufayli olamdan o‘tdi. Vafot etganlarning umumiy soni 31 892 kishini, yuqtirganlar esa 3,4 million kishini tashkil etmoqda. Shu bilan birga, uch milliondan ortiq odam kasallikdan tuzalgan.

Avvalgi antirekord bir kun oldin o‘rnatilgandi, o‘shanda 42 308 kishida COVID-19 qayd etilgan.

29-mart kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on COVID-19 yuqtirish holatlari ko‘payganligi sababli mamlakatda komendantlik soati yana kuchaytirilishini ma’lum qildi. Xavfli hududga Turkiyaning Istanbul, Anqara, Antaliya, Izmir va boshqa ko‘plab viloyatlari kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring