Koronavirus yuqtirish holatlari 60 mingga yaqinlashmoqda

2020-yil 8-oktyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 59 905 (+117) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
73 nafari Toshkent shahrida,
19 nafari Andijon viloyatida,
10 nafar Qashqadaryo viloyatida,
8 nafari Surxondaryo viloyatida,
7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 56 568 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 843 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter