Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan himoya qadimgi odamlardan o‘tgan

Koronavirusdan himoya qadimgi odamlardan o‘tgan

Foto: «Pnas.org»

Shvetsiyada Karolina instituti va Germaniyada Maks Plank evolyusion antropologiya instituti tadqiqotchilarining aniqlashicha, kelib chiqishi afrikalik bo‘lmagan odamlarning yarmi og‘ir COVID-19 xavfini 20 foizga kamaytiradigan irsiyatga ega. Ushbu gen neandertallardan DNK bilan birga o‘tgan bo‘lib, u, aksincha, koronavirus infeksiyasining asoratlar ehtimolini oshiradi. Bu haqda «Proceedings of the National Academy of Sciences» jurnalida chop etilgan maqolada aytib o‘tilgan.

Mutaxassislarning fikricha, 12-xromosoma sohasida OAS genlari bo‘lib, ular virusli genomlarni yo‘q qiladigan ferment faolligini tartibga soladi, genlarning neandertal variantlari esa bu ta’sirni kuchaytiradi. Ma’lumki, COVID-19ning asosiy genetik xavf omili 3-xromosomada joylashgan bo‘lib, nafas yetishmovchiligi va o‘lim ehtimolini keskin oshiradi.

Tadqiqotchilar, shuningdek, so‘nggi muzlik davridan beri himoyalanish tezlashganligini ko‘rsatdilar. Uning tarqalishi aholi ko‘payishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligidan dalolat beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring