Shifokor koronavirus bemorlari ikki narsadan saqlanishi lozimligini aytdi

Koronavirusga chalingan bemorlar sho‘r ovqat kamroq yeyishlari va spirtli ichimliklar iste’mol qilmasliklari kerak. Bu haqda «Sputnik» radiosi terapevt Filipp Kuzmenkoga asoslanib xabar berdi.
«Biz suv-tuz balansini saqlashimiz kerak. Koronavirus infeksiyasi yuqtirganlar tuzli ovqatlardan saqlanish kerak. Ko‘p miqdorda sho‘r baliq, tuzlangan bodring va boshqalarni iste’mol qilmang. Buning o‘rniga siz ko‘proq suv ichish kerak», - dedi shifokor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sho‘r ovqat qonni quyuqlashtiradi, bu koronavirusda zararli.
Shifokorga ko‘ra spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni cheklash kerak, chunki bu tananing suvsizlanishiga sabab bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter