Koronavirusga chalingan homilador ayol vafot etdi
Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 34 yoshli Sh.M. (ayol) joriy yil 16-21-iyul kunlari shahar 9-son tug‘ruq kompleksida «27 haftalik 6-homiladorlik, 5-tug‘ruq, ikki tomonlama pnevmoniya, kamqonlik, nafas yetishmovchiligi» tashxisi bilan davolangan.
SSV xabariga ko‘ra, bemorda «COVID-19» tasdiqlangach, shahar 3-son tug‘ruq kompleksiga o‘tkazilgan. Unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter