Koronavirusga qarshi kurashda hamkorlikda ishlash uchun rossiyalik mutaxassislar yetib keldi (fotoreportaj)

Avvalroq Rossiyaning nufuzli tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan 40 nafarga yaqin mutaxassisdan iborat nufuzli tibbiy guruh tashrifi kutilayotgani haqida xabar berilgandi. Bugun rossiyalik mehmonlar Toshkent xalqaro aeroportida Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari tomonidan kutib olindi.
SSVning ma’lum qilishicha, reanimatolog, pulmonolog, infeksionist, virusolog, kardiolog, endokrinolog kabi mutaxassislar bir oy davomida koronavirusga chalinganlarni davolash muassasalarida shifokorlarimiz bilan hamkorlikda ish olib boradi. Xususan, rossiyalik mutaxassislar Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikalarida, Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida, shuningdek, qator viloyatlardagi shu sohaga ixtisoslashgan shifoxonalarda faoliyat ko‘rsatishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter