Koronavirusni aniqlashning qanday usullari mavjud?

Ushbu savolga SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova javob berdi.
— PZR — yuqori nafas yo‘llari shilliq qavatidan olingan namunada koronavirusning genetik materiali bor-yo‘qligi aniqlanadi.
Nisbatan tez va og‘riqsiz kechadi. Kasallikning yashirin davrida ham barvaqt tashxis qo‘yish imkonini beradi.
— Antitanacha ekspress test usuli mavjud — kasallikning kechish darajasini aniqlab beruvchi qo‘shimcha tekshiruv usuli.
Qon namunasida koronavirusga qarshi organizmda ishlab chiqarilgan antitanachalar bor-yo‘qligini aniqlashi mumkin.
Qaysi usul samarali?
Ekspress testlar orqali kasallikning inkubatsion davrini, PZR usulida esa virusga nisbatan organizmda immunitet bor-yo‘qligini aniqlab bo‘lmaydi. Kasallik belgilari mavjud bo‘lgan bemorlar uchun har ikki usul ham samarali.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter