Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusni davolashda ishlatiladigan dorilar narxi tekshirildi

Koronavirusni davolashda ishlatiladigan dorilar narxi tekshirildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 29 iyul kuni Respublika maxsus komissiyasi tomonidan uy sharoitida COVID-19 infeksiyasini davolash uchun tavsiya etilgan “Azitromisin”, “Askorbin kislotasi”, “Gidroksixloroxin”, “Paratsetamol” dorilarining dorixonalarda sotuvda mavjudligi, ularning narxi yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida monitoring qildi.

Bu haqda Federatsiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuman (shahar)larida faoliyat ko‘rsatayotgan dorixonalar tanlanma usulda o‘rganilganda mazkur dorixonalarda Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan tavsiya etilgan “Askorbin kislotasi” 700-4000 so‘mgacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 500-1500 so‘mgacha, “Azitromitsin” 6 mingdan so‘mdan 34000 ming so‘mgacha, sotilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Andijon viloyatining dorixonalarida bu ko‘rsatkich “Askorbin kislotasi” 200-3500 so‘mgacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 450-1000 so‘mgacha, “Azitromitsin”ning narxi 4500 dan 36 ming so‘mgacha ekanligi aniqlandi.

Buxoro viloyati hududidagi dorixonalarda “Askorbin kislotasi” 4500-40000 so‘mgacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 500-1500 so‘mgacha “Azitromitsin” dorilari 300 dan 4000 so‘mgacha sotuvda.

Jizzax viloyati hududidagi dorixonalarda ham “Askorbin kislotasi” 1000-2000 so‘mgacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 500-1000 so‘mgacha “Azitromitsin” 5000-15000 so‘mgacha sotuvda mavjud.

Qashqadaryo viloyati hududidagi dorixonalarida olib borilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, “Askorbin kislotasi” 500-5000 so‘mgacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 400-1000 so‘mgacha“Azitromitsin” 5000-15000 so‘mgacha sotilmoqda.

“Askorbin kislotasi” 700-5000 so‘mgacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 400-1000 so‘mgacha “Azitromitsin”dori vositasi esa 5000-15000 so‘mgacha Navoiy viloyatining dorixonalarida sotilmoqda.

Sirdaryo viloyati dorixonalarida “Askorbin kislotasi” 1000-2000 so‘mgacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 500-1000 so‘mgacha “Azitromitsin” esa 6000-42900 so‘mgacha.

Farg‘ona dorixonalarida “Askorbin kislotasi” 900-1000 so‘mgacha, “Gidroksixloroxin” dori vositasi mavjud emas, “Paratsetamol” 500-1200 so‘mgacha, “Azitromitsin” 5 mingdan 15 so‘mmingacha, Xorazmda esa “Askorbin kislotasi” 500-2000 so‘mgacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 500-1000 so‘mgacha “Azitromitsin” 4000 dan 19800 so‘mgacha.

Toshkent viloyatida “Askorbin kislotasi 800dan 1200gacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 1000 so‘mdan “Azitromitsin” 8000 dan so‘mdan 17000 so‘mgacha, Toshkent shahrida “Askorbin kislotasi”500-3000 gacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 1000-1500 gacha “Azitromitsin” 7 mingdan 44 ming so‘mcha sotilayotganligi aniqlandi.

Namanganda “Askorbin kislotasi” 100-1000 so‘mgacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 600-1000 so‘mgacha “Azitromitsin” 4000- 12000 so‘mgacha, “Plakvenil” dorisi 234 ming so‘mdan sotilayotganligi kuzatildi. Uning zaxirasi ham 40 dona qutidan iborat.

Federatsiya jamoatchilik nazorati tartibida COVID-19 infeksiyasini uy sharoitida davolash uchun zaruriy dori vositalar narx-navosi doimiy o‘rganib bu borada keng jamoatchilik xabardor qilishini ma’lum qilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring