Kostromadagi tungi klubda yuz bergan yong‘inda 13 kishi halok bo‘ldi

Kecha tunda Rossiyaning Kostroma shahridagi Nikolskiy ko‘chasida joylashgan «Poligon» tungi klubida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Yong‘in oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, yana to‘rt kishi jarohat olgan. Yong‘in ichida qolgan binoning umumiy maydoni 3,5 ming kvadrat metr bo‘lib, binoning tomi qulab tushgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kostroma viloyatidagi Bosh boshqarmasi Markaziy yong‘in bo‘limiga Moskva vaqti bilan soat 02.37 da klubda yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Yetib kelgan qutqaruvchilar binodan 250 kishini evakuatsiya qilgan, yaqin atrofdagi uylardan esa yana 15 kishi olib chiqilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter