Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kot-d’Ivuarda mudhish YTH sodir bo‘ldi

Kot-d’Ivuarda mudhish YTH sodir bo‘ldi

Foto: «Report.az»

Kot-d’Ivuar janubida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqbatida 23 kishi halok bo‘ldi va 34 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda mahalliy Fraternite Matin gazetasi.

Mamlakatning eng yirik shahri Obidjondan taxminan 100 kilometr shimolida mikroavtobus bilan yuk mashinasi to‘qnashib ketgan.

«34 jarohatlangandan 16 nafari shifoxonaga yotqizildi. Ular orasida beshta bola ham bor. Kattalardan uch kishi komada», — dedi Bodo (Lagyun viloyati) shahridagi shifoxona vakili.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtohalokat mikroavtobusning g‘ildiragi birdan yorilib ketishi sababli sodir bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring