Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kriptomilliarderlarni sindirgan 60 kun

Kriptomilliarderlarni sindirgan 60 kun

Foto: «Cryptocurrency»

Ikki oydirki — kriptovalyutalar bozorida pasayish. Kriptomilliarderlar ikki oylik pasayish davrida 49,1 milliard dollar yo‘qotdi, deb yozdi Forbes.

Milliarder Uorren Baffet: «Jahondagi jami bitkoinlarga 25 dollar ham bermayman».

Baffetning fikricha, bu bema’ni aktiv va foyda keltirmaydi, uning qiymati o‘sishi uchun navbatdagi xaridor oldingisidan ko‘proq to‘lashi lozim. Ya’ni moliyaviy piramida. Qolaversa, AQSh hech qachon boshqa valyuta dollar o‘rnini egallashiga yo‘l qo‘ymaydi.

Eng ommalashgan kriptovalyuta — bitkoinning narxi keskin pasayishi oqibatida sarmoyadorlarning 40 foizidan ko‘prog‘i manfiyga tushdi va ularning aksariyati strategiyasini o‘zgartirish payida.

Dunyodagi eng boy kriptoinvestor, Binance birjasi asoschisi Chanpen Chjao 11-martdan 11-maygacha 37,6 milliard dollar yo‘qotdi, hozirgi boyligi — 27,4 milliard.

FTX kriptobirjasi hamasoschisi Sem Benkman-Frid 3 milliard zarar ko‘rdi, endi ixtiyorida 21 milliard dollar qiymatidagi kriptovalyutalar qolgan. Coinbase asoschilaridan biri va bosh direktori Brayan Armstrong 4,4 milliard yo‘qotganidan so‘ng hisobida 2,2 milliard dollar qoldi. Coinbasening yana bir asoschisi Fred Ersam 1,3 milliard dollar bilan birga milliarderlik maqomidan ham ayrildi — 850 million dollari bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring