Kursk to‘liq Rossiya nazoratiga o‘tdi — Kreml

Rossiyaning Kursk viloyati ukrain qo‘shinidan ozod etildi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu haqda «Interfaks»ga ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov prezident Vladimir Putinga amaliyot yakunlangani haqida hisobot bergan.
Ma’lumot uchun: Ukraina qo‘shini 2024-yil avgustida Rossiya hududiga kirib, o‘nlab shahar va qishloqlarni jang bilan egallagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter