Kuzda nimalarni ko‘proq yeyish kerak? Shifokor tavsiya qildi
Shifokor Sayina Gogoleva kuzda immunitetni yaxshilaydigan mahsulotlar haqida ma’lumot berdi. U S vitaminiga boy meva va sabzavotlarni iste’mol qilishni maslahat bermoqda deya yozadi Life.ru.
Mutaxassis ular orasida sitrus mevalari, gulkaram, bulg‘or qalampiri, anor, behi va olmalarni ta’kidlab o‘tgan. Gogoleva S vitamini to‘qimalarda oksidlovchi stress bilan kurashadigan va ularni kislorod bilan to‘yingan moddalarni tanadan chiqarib tashlashga yordam berishini tushuntirdi.
Bundan tashqari, kuzda siz ratsioningizga qovoq, sholg‘om, qizil baliq va yong‘oqlarni qo‘shishingiz kerak, ular A, Ye va K vitaminlariga boy. Suyaklarni mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan D vitamini, sut mahsulotlari, dengiz baliqlari, tuxum va qo‘ziqorin ham muhim.
Diyetologning qo‘shimcha qilishicha, kuzda bakteriyalar va virusga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan piyoz, sarimsoq va zanjabilni ko‘proq iste’mol qilish kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter