Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

KXDR janubiy koreyalik rahbarni qatl etdi

KXDR janubiy koreyalik rahbarni qatl etdi

Foto: EPA/UPG

Janubiy Koreya mudofaa vazirligi KXDR hukumatini janubiy koreyalik rahbarni qatl etishda aybladi. Bayonotga ko‘ra, u chegara suvlarida nazorat ishlarini olib borayotganida yo‘qolib qolgan.

Janubliklar da’vosiga ko‘ra, uni shimoliy koreyaliklar patruli ushlab ketib, otib tashlagan va yoqib yuborgan. Bu haqda razvedka ma’lumotlari bor.

Halok bo‘lgan inson Sariq dengizda baliq ovlash nozirligining 21-sentyabr kuni yo‘qolib qolgan 47 yoshli kotibi ekani ta’kidlanmoqda.

Shtab boshliqlari Birlashgan qo‘mitasi tezkor qo‘mondoni An Yen Xo ushbu vahshiylik yuzasidan zudlik bilan surishtiruv boshlashni va aybdorlarni jazolashni KXDRdan talab qilgan, biroq Pxenyan hozircha jim.

Eslatib o‘tamiz, janubiy koreyalik faollar iyun oyida targ‘ibot varaqalari tarqatganidan so‘ng ikki mamlakat o‘rtasidagi ziddiyat yana keskinlasha boshlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring