Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lama, poni ot va tuyaqush. Navoiydagi ajoyib fermaga sayohat

Lama, poni ot va tuyaqush. Navoiydagi ajoyib fermaga sayohat

Ushbu haftada AOKA tomonidan Navoiy viloyatiga press-tur tashkil etildi. Safar davomida jurnalistlar Navoiy viloyati hokimi v.b N.Tursunovning murojaati bilan tanishdilar va viloyatdagi bir qator tadbirkorlik ob’yektlarida bo‘ldilar.

Qiziltepa tumanidagi «Adiz bobo» fermer xo‘jaligiga qarashli chorvachilik kompleksi mana shunday ob’yektlardan biri bo‘ldi. E’tiborli tomoni, ushbu fermada tuya, zotdor qoramol va mayda shoxli hayvonlar bilan birgalikda lama, poni oti, hind tovug‘i hamda tuyaqush kami yurtimiz uchun noyob bo‘lgan turlar ham ko‘paytirilmoqda.

Fermer xo‘jaligi tomonidan 10 gektar maydonda tashkil etilgan issiqxona esa bodring eksporti bo‘yicha yetakchilardan hisoblanadi. Ushbu mahsulotga xorijdan talab yuqori bo‘lib, yerda, tabiiy holatda yetishtirilgani uchun ekologik jihatdan toza hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring