Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Latviyalik og‘ir atletika yulduzi islomni qabul qildi — Rebeka Koxa

Latviyalik og‘ir atletika yulduzi islomni qabul qildi — Rebeka Koxa

Foto: «Ventas Balss»

Latviyalik og‘ir atletika yulduzi Rebeka Koxa islomni qabul qildi va sportchilik faoliyatiga nuqta qo‘ydi.

«Aziz do‘stlar! Men hayotimdagi katta qarorni qabul qildim. Bundan mamnun va minnatdorman, bu to‘g‘ri qaror deb hisoblayman. Yagona so‘raydiganim — meni tushunish. Aytarli gapingiz bo‘lmasa, sukut saqlang. Men endi musulmonman», — dedi Rebeka Koxa Latviya jamiyatiga murojaatida.

Rebeka qatarlik sportchi (disk uloqtiruvchi) Muhammad Ibrohim Moazga turmushga chiqyapti.

Bir necha kun avval Rebekaning murabbiyi Eduard Andrushkevich uning islomni qabul qilishi mashg‘ulotlariga xalaqit bermasligi lozimligini ta’kidlagandi. 5 avgust kuni esa Latviya olimpiya terma jamoasi rahbari Eynar Fogelis Koxa sportchilik faoliyatini tugatishga qaror qilganini ma’lum qildi:

«Rebeka videokonferensiya orqali muloqotda sportchilik faoliyatini tugatayotganini ma’lum qildi. Biz uning tanloviga hurmat bilan yondashamiz va barcha qilingan ishlar uchun minnatadorlik bildiramiz. 1 sentyabrga qadar undan Latviya olimpiya terma jamoasini tark etishi haqida ariza olishga va uni moliyalashtirishni to‘xtatishga kelishib oldik».

Rebeka Koxa Moskvada o‘tadigan kuzgi Yevropa chempionatida qatnashishi kutilayotgandi, qolaversa, 2021-yilgi Tokio olimpiadasida 59 kilogrammgacha bo‘lganlar o‘rtasida oltin medalga asosiy da’vogarlardan edi.

Rebeka Koxa — kattalar o‘rtasida ikki karra Yevropa chempioni. U hozir 22 yoshda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring