Lavrov: «G‘arb Rossiya bilan yadro urushiga tayyor»
Bir qator G‘arb yetakchilari Rossiya bilan yadro urushiga tayyor ekanliklarini ularning tajovuzkor ritorikasi tasdiqlaydi, deydi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
Vazir Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Liz Trass «hech ikkilanmasdan qizil tugmani bosishga» tayyorligini e’lon qilganini, Germaniya Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Ingo Gerxars esa NATO davlatlari yadro qurolidan foydalanishga tayyor bo‘lishi kerakligini aytganini misol keltirgan. Shuningdek, u Fransiyada yadro quroli borligini eslatgan sobiq tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drianning so‘zlariga ham ishora qilgan.
«Ular yadroviy urushga tayyor, Rossiya prezidenti Vladimir Putin buni tushunishi kerak. Ular Rossiyaga (yadroviy davlat) strategik mag‘lubiyat bilan tahdid qilishmoqda», — degan Lavrov.
Avvalroq Sergey Lavrov Vashington Rossiya prezidentini jismonan yo‘q qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter