Lazerli nur tarqatkichlarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik belgilanmoqda

Ta’kidlanishicha, so‘nggi paytlarda portativ lazerli nur tarqatkichlarni mamlakatga qonunga xilof ravishda olib kirish holati ko‘paygan. Bu fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga tahdidlar tug‘dirmoqda.
O‘zbekistonda portativ lazerli nur tarqatkichlarning noqonuniy muomalasi uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi kutilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tegishli qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qilishdi.
Deputatlarning ta’kidlashicha, so‘ngi paytlarda portativ lazerli nur tarqatkichlarni mamlakatga qonunga xilof ravishda olib kirish va ulardan foydalanish holatlarining ko‘payishi fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, havo kemalari parvozlarining xavfsizligiga, jamoat tartibiga yuqori darajadagi tahdidlar tug‘dirmoqda.
Yangi qonun loyihasi bilan portativ lazerli nur tarqatkichlarning qonunga xilof muomalasi uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Qayd etilishicha, bu nazorat va ta’sir choralarining samaradorligini oshirishga, bu turdagi huquqbuzarliklarning oldini olish va undan jabrlanish holatlarini bartaraf etishga yordam beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter