Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lola Islomovnaga «Karimova» familiyasi ortiqchalik qilyaptimi?

Lola Islomovnaga «Karimova» familiyasi ortiqchalik qilyaptimi?

Lola Karimova-Tillayeva.

O‘zbekistonning birinchi prezidenti marhum Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva o‘ziga taxallus tanladi. Endi u ingliz tilida yozadigan maqola va tadqiqotlarini «Lola Till» imzosi bilan chop etadi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi cahifasi orqali ma’lum qildi.

Islom Karimov vafotidan so‘ng Lola Karimova-Tillayeva eri va uch nafar farzandi bilan AQShdan qo‘nim topib, o‘sha yerda tinch va farovon yashamoqda. Karimova-Tillayeva oilasi okean ortida bir nechta qimmatbaho ko‘chmas mulklarga egalik qiladi.

Kichik Karimova 2017-yildan beri O‘zbekistonga kelgani yo‘q. U hatto otasining vafotiga yil to‘lishi bilan o‘tkazilgan turli tadbirlarda ham ko‘rinish bermagandi.

Uning opasi Gulnora Karimova esa sodir etgan qator jinoyatlari uchun qamoq jazosini o‘tamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring