Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi o‘zbek-lotin alifbosi bo‘yicha muhokama muddati uzaytirildi

Yangi o‘zbek-lotin alifbosi bo‘yicha muhokama muddati uzaytirildi

16-mart kuni «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingandi.

Loyihaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan, 28 harf va 1 ta harflar birikmasidan iborat yangi o‘zbek alifbosi taklif etilmoqda.

Asosiy o‘zgarishlar:

G‘ => Ḡ ḡ

O‘ => Ō ō

Sh => Ş ş

Ch => Ç ç

Mazkur muhokama  31-mart kuni yakunlangandi. Biroq, Davlat tilini rivojlantirish departamenti matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu hujjat muhokamasi 2021-yil 1-noyabrga qadar davom ettiriladi.

Qayd etilishicha, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash bo‘yicha Respublika ishchi guruhi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini har tomonlama puxta, keng jamoatchilik fikr-mulohazalari va takliflarini chuqur o‘rgangan holda takomillashtirish maqsadida, shuningdek, mutaxassislarning takliflarini inobatga olib, shunday qarorga kelgan.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring