Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukashenko: «Rossiyaning koronavirusni aniqlovchi testlari hech nimaga arzimaydi»

Lukashenko: «Rossiyaning koronavirusni aniqlovchi testlari hech nimaga arzimaydi»

Foto: RIA Novosti

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyaning «COVID-19» koronavirusini aniqlovchi testlari aksar hollarda xato natija berishini ma’lum qildi. Bu haqda «Novosti» axborot agentligi xabar bermoqda.

«Biz ko‘p tekshiruv o‘tkazyapmiz. <…> Ochig‘ini aytganda, testlar hech nimaga arzimaydi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, Putin (Rossiya prezidenti - tahr.) yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tashrif buyurganidan so‘ng u yerda bosh shifokorning virusga chalinganligi ma’lum bo‘ldi va u (shifokor - tahr.) hissiyotga berilib, testlarning noto‘g‘ri ekanini gullab qo‘ydi. <…> U «Men endi bu testlardan foydalanmayman, faqat 60 foiz javoblar to‘g‘ri chiqyapti», dedi. U 60, dedi, lekin menimcha, faqat 30 foizda to‘g‘ri chiqadi. Biz buni ko‘p kuzatdik», - degan Lukashenko Grodnensk viloyatiga tashrifi chog‘ida.

STV kanalining xabar berishicha, Rossiya testlarini tanqid qilar ekan, Lukashenko Belarus AES qurilishida ishlayotgan rossiyaliklarda koronavirus borligi gumon qilingani bilan bog‘liq vaziyatni misol keltirdi.

«Shu yerda ham rossiyaliklar tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi, atom elektr stansiyasiga kelib, 15 kishini davoladilar, keyin Rossiyaning testlari bilan tekshirishdi - hammasi ijobiy. Yana shifoxonaga yotqizib davolash kerak. Rossiya testlaridan voz kechdik, o‘zimizniki va Xitoynikidan foydalangan edik, faqat bir kishida koronavirus aniqlandi», - dedi Belarus rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring