Mustaqillik bayrami kunlari mahalliy yo‘nalishdagi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirish kiritiladi

Mustaqillik kuni arafasida poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritilmoqda. Bu haqda «Xabar.uz»ga «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, 4 ta yo‘nalishda qatnovchi qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Xususan:
№764\763-sonli «Toshkent-Samarqand-Toshkent» yo‘nalishida «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdi 2018-yil 3–4-sentyabr kuni;
№ 4\3 -sonli «Toshkent –Termiz-Toshkent» poezdi 2018-yil 4 sentyabr kuni;
№60\59 -sonli «Toshkent-Andijon-Toshkent » yo‘nalishida «O‘zbekiston» poezdi 2018-yil 4–5-sentyabr kuni;
№10\9-sonli «Toshkent-Buxoro-Toshkent» yo‘nalishida «Sharq» poezdi. 2018-yil 4–5-sentyabr kuni.
«Qo‘shimcha yo‘lga qo‘yiladigan poezdlar harakat jadvali xaqidagi ma’lumotlarni rasmiy veb-saytimiz, joylardagi temir yo‘l kassalari yoki saytda ko‘rsatilgan xududiy temir yo‘l ma’lumotxonalaridan bilib olishingiz mumkin», deyiladi kompaniya xabarida.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ bundan avvalroq mamlakat ichidagi qatnovlar, jumladan, «Afrosiyob» tezyurar poyezdlari uchun 50 foizlik chegirma joriy etgan edi. Chegirmalar 31-avgustdan 4-sentyabrga qadar amal qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter