Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab kutubxonasidan 113 yil avval olingan kitob qaytarildi

Maktab kutubxonasidan 113 yil avval olingan kitob qaytarildi

Foto: Pixabay

Angliyaning Kambriya grafligida maktab kutubxonasidan olingan Jorj Bayronning asarlari to‘plami oradan 113 yil o‘tib qaytarildi. Guardian gazetasi yozishicha, kitobni Leonard Yubank ismli o‘quvchi olgan bo‘lgan.

Bu o‘quvchi 1893-yilda tug‘ilgan, 1911-yilda maktabni tamomlab, Oksford universitetiga o‘qishga kirgan. Oradan to‘rt yil o‘tib, ko‘zi yaxshi ko‘rmasligiga qaramasdan, Yubank urushga olib ketilgan va 1916-yil fevralida jangda halok bo‘lgan.

«Birinchi jahon urushidan oldin maktab kutubxonasidan olingan kitob nihoyat bir asr va o‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tib joyiga qaytdi, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bu dunyodagi «eng kechikkan» kutubxona kitoblaridan biri bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring