Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Malayziyaliklar Xorazm va Buxoroda kino tasvirga oladi

Malayziyaliklar Xorazm va Buxoroda kino tasvirga oladi

Foto: «marinimz.com»

Malayziyaning «Aquila Emas Sdn Bhd» mediya kompaniyasi vakillari o‘zlarining O‘zbekistonga amalga oshirgan 10 kunlik tashrifi yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik sheriklari bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladilar. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Muzokaralar davomida birgalikda badiiy film tasvirga olish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan. Suratga olish ishlari Xorazm va Buxoro viloyatlarining cho‘l manzaralari, qadimiy shaharlari va takrorlanmas me’morchilik obidalarida olib boriladi. Shuningdek, O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosi to‘g‘risida 6 seriyali turistik televizion dasturni yaratish ham rejalashtirilgan.

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, filmlarni tasvirga olish ishlari 2019-yilning boshiga belgilangan.

Badiiy film va turistik teleserial Malayziyaning yetakchi telekanallaridan biri TV2da praym-taym vaqtida efirga uzatiladi. 10 milliondan ortiq auditoriyaga ega ushbu kanalni nafaqat Malayziya, balki Singapur va Bruney hududida ham tomosha qiladilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring