Mamlakatni boshqarish yuzasidan har kim o‘z fikrini bildirishi mumkin

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (LBMA) tomonidan «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasi va uni amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqildi. Bu haqda Norma.uz xabar berib o‘tdi.
Hujjat sohada mavjud muammolarni aniqlash, asosiy maqsadlarni va rivojlanish ustuvor yo‘nalishlari va tamoyillarini belgilash orqali «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirishni nazarda tutadi. Konsepsiya loyihasi ochiqlikni va aholining elektron ishtirokini, axborot xavfsizligini ta’minlash, ishonch munosabatlarini shakllantirish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Konsepsiyani va uni amalga oshirish bo‘yicha har yili ishlab chiqiladigan «Yo‘l xaritalari»nining sifati va samaradorligi asosiy ko‘rsatkichlarga erishilganligini baholash orqali aniqlanadi. Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Hujjatga o‘z taklif va mulohazalaringizni info@napm.uz manzili bo‘yicha LBMA elektron pochtasiga ham yuborish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter