Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marg‘ilonda 18 yoshli o‘smir jinoyatga qo‘l urdi: u qotillikka qasd qilishda gumonlanyapti

Marg‘ilonda 18 yoshli o‘smir jinoyatga qo‘l urdi: u qotillikka qasd qilishda gumonlanyapti

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l chetida turgan odam pichoqlangani aks etgan videotasvir tarqaldi.

Farg‘ona viloyati IIB bergan xabarga ko‘ra, holat joriy yilning 21-may kuni Marg‘ilon shahri B.Marg‘iloniy ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Unda 2006-yilda tug‘ilgan Marg‘ilon shaharda yashovchi  fuqaro S.T. shaharning B.Marg‘iloniy ko‘chasida 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro A.A. ni o‘tkir tig‘li jism bilan o‘ng orqa va yuz sohasiga urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati yetkazgan. Fuqaro A.A. hodisa joyidan qochib ketishi natijasida,  S.T. jinoiy harakatlarini oxiriga yetkaza olmasdan, hodisa joyidan noma’lum tomonga yashiringan.

Shifokorlar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalar natijasida A.A.ning hayoti saqlanib qolingan.

Hozirda shahar prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi S.T. JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring