Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Prezidenti farmoni bilan Ilhom Norqulov Markaziy bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Ilhom Norqulov O‘zbekiston Moliya vazirligi tizimida va iqtisodiyotning ishlab chiqarish sektorida faoliyat ko‘rsatgan.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida xalqaro iqtisodiy aloqalar yo‘nalishida bakalavr, Glazgo universitetida (Buyuk Britaniya) «Iqtisodiy rivojlanish» yo‘nalishida magistr darajasini olgan.
Markaziy bankdagi faoliyatini 2010-yilda bosh iqtisodchi lavozimida boshlagan. 2013−2018-yillarda MB Monetar siyosat departamentini boshqargan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter