Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kambag‘allikni qisqartirish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Kambag‘allikni qisqartirish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Xolxo‘jayev Saidqahhor Muhammadkarim o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar  berdi.

Saidqahhor Xolxo‘jayev 1981 yilda Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent Moliya institutini tamomlagan.

2017-2019 yillarda  «O‘zagrosug‘urta» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan.

Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring