Markaziy bankning Samarqand bosh boshqarmasiga rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining buyrug‘iga muvofiq To‘xtayev Otabek Sunnatilloyevich Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
1976-yil Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan O.To‘xtayev shu paytgacha «O‘zsanoatqurilishbank»ning davlat dasturlari bilan ishlash departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bundan avval esa 2016-2019-yillarda «O‘zsanoatqurilishbank» Samarqand filiali boshqaruvchisi bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter