Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur muxolifatchi 18 yillik koloniyaga hukm qilindi

Mashhur muxolifatchi 18 yillik koloniyaga hukm qilindi

Belarusda Gomel sudi mashhur muxolifatchi Sergey Tixanovskiyni 18 yilga qattiq tartibli koloniyaga hukm qildi.

Muxolifatchi hokimiyatga qarshi zo‘ravonlikka chaqirish va mamlakatda tartibsizliklar uyushtirishda aybdor deb topildi. 

Sud qarorida aytilishicha, Tixanovskiyning jamiyatda adovat va nizo qo‘zg‘atishda ijtimoiy asosda aybi to‘liq isbotlangan. 

Tixanovskiy bilan birgalikda Gomel sudi yana bir qancha muxolifatchi siyosatchilar va blogerlarni, xususan, Igor Losik, Nikolay Statkevich, Artem Sakov, Vladimir Siganovich va Dmitriy Popovga hukm o‘qidi. Ularning barchasi 14 yildan 16 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan.

G‘arb jamiyati va huquq himoyachilari ushbu mahbuslarni siyosiy mahkumlar sifatida ko‘rishini ma’lum qildi. 

Eslatib o‘tamiz, Sergey Tixanovskiy 2020 yilgi saylovlarda ikkinchi o‘rinni olgan va keyinroq Litvaga ketishga majbur bo‘lgan Svetlana Tixanovskayaning turmush o‘rtog‘i bo‘ladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring