Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur qo‘shiq ijrochisi 30 yilga qamaldi

Mashhur qo‘shiq ijrochisi 30 yilga qamaldi

Foto: LIFE

Bir paytlar juda ommalashgan R&B qo‘shiqchisi, «I Believe I Can Fly» qo‘shig‘i ijrochisi Ar Kelli 30 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Amerika sudi 55 yoshli san’atkorni qator jinoyatlarda, xususan, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda aybdor deb topdi. Aytilishicha, uning jinoyatlari tarixi uzoq va 1990-yillarga borib taqaladi.

Ar Kelli, shuningdek, jinsiy ekspluatatsiya maqsadlarida odam savdosi bilan shug‘ullanishda ham ayblangan.

Ar Kelli afsonaviy basketbolchi Maykl Jordan bosh rolni o‘ynagan «Kosmik jem» filmi saundtreki muallifi sifatida tanilgan, uchta «Gremmi» mukofotini qo‘lga kiritgan.

Foto: «Vesti»
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring