Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashinada qoldirib ketilgan chaqaloq halok bo‘ldi

Mashinada qoldirib ketilgan chaqaloq halok bo‘ldi

Foto: «Hurriyet»

Kanadaning Monreal shahrida kun bo‘yi mashinada qoldirib ketilgan 6 oylik chaqaloq halok bo‘ldi. Bu haqda «Hurriyet» xabar qilmoqda.

Monreal politsiya mahkamasi matbuot kotibi Jin-Pirre Brabantning ma’lum qilishicha, otini oshkor qilishni xohlamagan ota chaqaloqni enagaga berishni unutib, mashinada qoldirib ketgan. Kechki payt chaqaloqni enagadan olish uchun borgan ota enaganing: «Bugun chaqaloqni olib kelmadingiz», degan gaplaridan so‘ng mashinasi oldiga yugurgan.

«Ota ulovi oldiga kelganida, mashinada 6 oylik chaqaloqning jasadini ko‘rgan», — deydi Jin-Pirre Brabant.

Chaqaloq erta tongdan soat 17:35 gacha mashinada qoldirib ketilgan. Mashinada havo yetishmasligi oqibatida u halok bo‘lgan.

Voqeadan so‘ng mazasi qochgan ota-ona shifoxonaga yotqizilgan.

Politsiya surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring