Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronalduning onasi o‘g‘li ko‘proq «Oltin to‘p» yuta olmaganida «futbol mafiyasi»ni aybladi

Ronalduning onasi o‘g‘li ko‘proq «Oltin to‘p» yuta olmaganida «futbol mafiyasi»ni aybladi

Foto: «Global Look Press»

Turinning «Yuventus» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Doloresh Aveyru o‘g‘li haqidagi savollarga javob berarkan, u ko‘proq «Oltin to‘p» yutib olmaganida «futbol mafiyasi»ni aybladi.

— Krishtianu yanada ko‘proq «Oltin to‘p» yutib olishi mumkin edi, agarda futbol mafiyasi bo‘lmaganda. Ha, aynan mafiya, buni boshqacha atab bo‘lmaydi. Agar bo‘lib o‘tgan ishlarga qaraydigan bo‘lsangiz, bu aynan mafiyaning ishi ekanini tushunib olasiz, — deydi Aveyru.

Shu bilan birga Doloreshning aytishicha, Krishtianu agarda ispaniyalik yoki angliyalik bo‘lganida, mafiya uning yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lmas edi. Shu bilan birga Ronalduning onasi o‘g‘li bu yil «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishiga ishonchi komil emasligini, ammo shunday bo‘lishini kutishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu besh marta «Oltin to‘p» mukofotini qo‘lga kiritgan (2008, 2013, 2014, 2016, 2017).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring