Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga imtiyozlar berilmoqda

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga imtiyozlar berilmoqda

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 473 moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi

Unga ko‘ra Prezidentimizning 2021 yil 20 avgust kuni mamlakatimiz tadbirkorlari bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda davlatimiz rahbarining 2021 yil 14 sentyabrdagi qaroriga asosan ushbu qonun loyihasini ishlab chiqish topshirilgan.

Yuqoridagi qaror hamda 100 dan ortiq erkin iqtisodiy zona ishtirokchilari murojaatlariga muvofiq, ushbu qonun loyihasi ishlab chiqildi. Loyihani ishlab chiqishda qo‘shni va xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganildi.

Qonun loyixasining kabul kilinishi natijasida maxsus iktisodiy zonalar ishtirokchilari tasarrufida qo‘shimcha mablag‘lar saqlab qolinadi. Eng muhimi, tadbirkorlarda mazkur mablag‘larni yangi korxonalarni tashkil etish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, mavjud ishlab chiqarishlarni kengaytirishga io‘naltirish imkoni yaratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring