Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«MDH go‘zali» tanlovi g‘olibasi aniqlandi

«MDH go‘zali» tanlovi g‘olibasi aniqlandi

Diana Perxanova.

Foto: Sputnik.

Qozog‘iston vakili Diana Perxanova «MDH go‘zali» tanlovi g‘olibasi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Sputnik Armaniston.

Musobaqaning finali Yerevanda bo‘lib o‘tdi. Tanlovda bir necha ming qiz ishtirok etish uchun ariza topshirgan, biroq yakunda o‘z mamlakatlaridagi saralash bosqichida g‘olib chiqqan 23 nafar go‘zal finalga yo‘l oldi.

Unda MDH vakillaridan tashqari Gruziya, Litva, Latviya, Estoniya va Kuba davlatlaridan 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan qizlar qatnashgan.

Ikkinchi o‘rin gruziyalik Emmi Mxitaryanga nasib etdi. Uchinchi o‘rinni esa estoniyalik Karina Nizinkaya egallagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring