Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mega Planet»da yong‘in chiqdimi?

«Mega Planet»da yong‘in chiqdimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda «Yunusobod tumanida joylashgan «Mega Planet» savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘lmoqda» sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. FVV ushbu holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 10 iyul kunidan, 10 avgust kuni qadar respublikamiz hududida Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha «Dolzarb 30 kun» tadbirlari o‘tkazilishi belgilangan. Unda yirik savdo majmualari odamlar gavjum ob’yektlar, ahvoli yashash xonadonlari, ijtimoiy soha va boshqa ob’yektlarda profilaktik tadbirlar va maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan, yuqorida qayd etilgan savdo majmuasida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilgan. Yong‘in sodir bo‘lmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring