Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «O‘zbekneftgaz» delegatsiyasi Ozarboyjonga tashrif buyurdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning oktyabr oyida Ozarboyjon Respublikasiga tashrif buyurib, Ozarboyjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashgan edi.
Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qilib, bu borada birinchi galdagi vazifalarni belgilab olgan edilar.
Belgilangan vazifalarni amalda bajarish maqsadida «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati Boshqaruri raisi Mehriddin Abdullayev boshligidagi delegatsiya «SOCAR» va «NIPI Neftegaz SOCAR» kompaniyalari bilan ikkitomonlama manfaatli hamda istiqbolli loyihalar yuzasidan hamkorlik masalalarini hal qilish maqsadida Ozarbayjonda bo‘lib turibdi.
Tashrifning ilk kuni «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati delegatsiyasi a’zolari «Azneft» kompaniyasining «Bibieybat» neft va gaz qazib olish boshqarmasida bo‘lishdi va u yerdagi ishlarni ko‘zdan kechirishdi. Shu kunning o‘zida «NIPI Neftegaz SOCAR» tajriba-sinov bazasidagi qilinayotgan ishlar ham o‘rganildi.
Istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan o‘zaro uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi. «O‘zbekneftgaz» AJ delegatsiyasi a’zolarini Ozarbayjon Respublikasi davlat neft kompaniyasi «SOCAR»ning Prezidenti Abdullayev Rovnag Ibragim o‘g‘li va «SOCAR»ning geologiya va geofizika masalalari bo‘yicha Vitse-prezident Guseynov Bahrom Baxlul o‘g‘li qabul qildi.
Suhbat davomida Orol dengizi hududida gelogiya qidiruv ishlarini amalga oshirish, G‘arbiy va Sharqiy Toshli, Shimoliy Sho‘rtan, Garmiston konlarini o‘zlashtirish masalasida hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.
«O‘zbekneftgaz» AJ delegatsiyasining Ozarbayjondagi tashrifi davom etadi.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter