Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikani ilk bor ayol prezident boshqaradi

Meksikani ilk bor ayol prezident boshqaradi

Meksikada yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Mexiko shahrining sobiq meri va amaldagi prezident tarafdori Klaudiya Sheynbaum g‘alaba qozondi. Tarixda birinchi marta ayol kishi Meksika prezidenti bo‘lmoqda.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, saylovchilarning 56 foizi Klaudiya Sheynbaumga, 30 foizi esa uning asosiy raqibi senator Xochitl Galvesga ovoz bergan.

61 yoshli Klaudiya Sheynbaum amaldagi prezident Lopes Obradorning hukmron partiyasi vakili hisoblanadi. Lopes Obradorning o‘zi, konstitutsiyaga ko‘ra, ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ya olmaydi va shuning uchun u Sheinbaumni qo‘llab-quvvatladi.

Sheinbaum Mexiko shahrida yahudiy oilasida o‘sgan va fizik olim sifatida shuhrat qozongan. 2007 yilda Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo komissiya a’zosi sifatida Tinchlik bo‘yicha kollektiv Nobel mukofotini olgan.

2000 yilda o‘sha paytdagi Mexiko shahri meeri Lopes Obrador Sheinbaumni poytaxt atrof-muhit masalalari bo‘yicha kotib etib tayinlagan, 2018 yilda esa prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Obradorning o‘rniga mer etib tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring