Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Melisa» jinoyat qilganda. O‘tgan 11 oyda 200 dan ortiq xodim jinoiy javobgarlikka tortildi

«Melisa» jinoyat qilganda. O‘tgan 11 oyda 200 dan ortiq xodim jinoiy javobgarlikka tortildi

Foto: «Sputnik»

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov O‘zA muxbiriga intervyu berdi va ichki ishlar organlari xodimi nomiga dog‘ tushirayotganlar ham yo‘q emasligini aytib o‘tdi.

— Bugun ichki ishlar organlarida islohotlarning mazmun-mohiyatini to‘liq anglamasdan, fuqarolarning haqli e’tirozlariga sababchi bo‘layotgan, nopok, ta’magirlik, poraxo‘rlik va «Ichki ishlar organlari xodimi» degan nomga dog‘ tushirishi mumkin bo‘lgan salbiy xatti-harakatlarni sodir etishga moyil xodimlar yo‘q emas, — deydi P.Bobojonov. — Masalan, joriy yilning 11 oyida xizmat intizomini buzgani uchun 7,5 mingga yaqin xodim intizomiy jazoga, jinoyat sodir etgani uchun esa 201 nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan. Biz bunday mas’uliyatsiz xodimlarni aniqlash va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash va saflarimizni tozalash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni davom ettiramiz.

Shuningdek, vazirning aytishicha, O‘zbekiston hududidagi viloyatlar o‘rtasida 133 ta post bor. Shundan 60 ta yo‘l-patrul xizmati maskani va 73 ta patrul-post xizmati statsionar maskani joylashgan. Shu jami 133 postdan 66 tasini tugatish to‘g‘risida xulosalar tayyorlandi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Bundan tashqari, ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul va patrul-post xizmatlari xodimlarini bosqichma-bosqich videokameralar bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring